Rossiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam beriladi

Rossiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam beriladi

2020 yil 14 maydan boshlab Rossiyada COVID-19 virusi pandemiyasi sababli joriy qilingan karantin va cheklov choralari tufayli og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga bir marta beriladigan moddiy yordam berishni boshlaydi.

O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi va Rossiya hududlaridagi Bosh konsulxonalari Elchixona ochgan xayriya hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘lar hisobidan beriladigan moddiy yordam:

  • Nogironlar – tegishli tasdiqlovchi hujjat (ma’lumotnoma) taqdim etilgan taqdirda;
  • Qaramog‘ida 2 yoshgacha farzandi bo‘lgan hamda homilasi 7 oylikdan oshgan ayollar – zarur tasdiqlovchi hujjatlar (bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma, tibbiyot muassasidan ma’lumotnoma) taqdim etgilgan holda;
  • COVID-19 virusi tasdiqlangan shaxslar – tegishli tasdiqlovchi hujjat asosida;
  • Rossiya oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limlarida tahsil olayotgan talabalar – o‘qish joyidan tegishli ma’lumotnoma asnosida.

Mazkur yordam Rossiyada belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda bir martalik pul mablag‘ini to‘lab berish shaklida amalga oshiriladi.

Moliyaviy yordamni olish uchun Elchixona tomonidan maxsus ishga tushirilgan o‘zbek va rus tillaridagi «Mehr» portali orqali murojaat yuborish lozim.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar