Rossiyadagi 202 nafar O‘zbekiston fuqarosiga moliyaviy yordam berildi

Rossiyadagi 202 nafar O‘zbekiston fuqarosiga moliyaviy yordam berildi

2020 yil 14 may kuni O‘zbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari “Mehr” loyihasini ishga tushirib, dastur doirasida Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan hamda mamlakatda Covid-19 virusi pandemiyasi tufayli joriy qilingan karantin va cheklov choralari tufayli og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga bir marta beriladigan moddiy yordamni to‘lab berilishi ko‘zda tutilgan.

Shundan so‘ng Rossiyada bo‘lib turgan 202 ta O‘zbekiston fuqarosiga umumiy qiymati 1 million 220 ming 960 rubl miqdoridagi moliyaviy yordam ajratilgan.

Ular orasida:

– Rossiya oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limida ta’lim olayotgan 190 talaba;

– COVID-19 koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 8 ta vatandoshimiz;

– 2 nafar nogiron fuqaro;

– 1 nafar qaramog‘ida 2 yoshgacha farzandi bor ayol;

– 1 nafar homilasi 7 oydan oshgan ayol.

Yordam murojaat qilgan fuqarolarning shaxsiy bank kartalariga bir martalik pul vositalarini o‘tkazib berish shaklida amalga oshirilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar