Rossiyaning “Alfa-Bank” banki O‘zbekistonning “Asaka” banki uchun kredit ajratdi

Rossiyaning “Alfa-Bank” banki O‘zbekistonning “Asaka” banki uchun kredit ajratdi

Rossiyaning “Alfa-Bank” banki O‘zbekistonning “Asaka” banki uchun 100 million yevro miqdorida sindikatlashtirilgan kredit ajratdi. Bu haqda Rossiya banki matbuot xizmati xabar qilgan.

Mablag‘lar 12 va 18 oylik transhlar shaklida berilgan. Investorlar tomonidan talab qarz oluvchining qarzga bo‘lgan ehtiyojidan sezilarli darajada oshadi va 135 million yevroga etadi.

“Alfa-bank” korporativ va investitsion biznesi direktori Andrey Chulakning so‘zlariga ko‘ra, debyut bitimning muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi investorlarning O‘zbekiston bozorining yuqori sifatli qarz oluvchilariga bo‘lgan qiziqishini namoyish etadi.

“Jalb qilingan mablag‘lar “Asaka” bankiga kredit portfelini oshirish, yuqori sifatli chakana moliyaviy xizmatlarni ommalashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston iqtisodiyotining strategik sohalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bitim yangi qarz olish uchun imkoniyatlarni ochib beradi”, deydi "Asaka" banki raisi o‘rinbosari Boboxon Abdullayev.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar