Sahid Hotel & Resort O‘zbekistonda mehmonxona quradi

Sahid Hotel & Resort O‘zbekistonda mehmonxona quradi

Indoneziyaning Sahid Hotel Management & Consultant (Sahid Hotels & Resorts) hamda Devel Eco Group LLC kompaniyasi O‘zbekistondagi ikkinchi mehmonxonasini qurmoqchi. Bu haqda idnfinancial nashri xabar bermoqda.

Sahid Zarafshon Bukhara deb nomlanadigan mehmonxona 2020 yilning fevral oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Sahid Hotels and Resortsning bosh direktori Hariyadi Sukamdani Buxoroning turistik salohiyati ortib borayotgani tufayli bu shaharda mehmonxona qurishga qaror qilganini aytib o‘tgan. “Buxoro Markaziy Osiyodagi Islom svilizatsiyasi markazi”, - deya tushuntirdi u Jakardagi mehmonxonani boshqarish bitimini imzolashda.

Hariyadining aytishicha, O‘zbekiston tarixiy binolarining me’moriy yechimlari go‘zalligi bilan ham mashhur. U, shuningdek, islomdagi mashhur imomlardan biri Imom al-Buxoriyning Vatani hamdir.

Sahid Hotels and Resortsning ilk mehmonxonasi Sahid Royal Place Samarkand deb nomlanadi va u Samarqandda mehmonlariga xizmat ko‘rsatadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar