Samarqandda chiqindilarni qayta ishlab chiqariladi

Samarqandda chiqindilarni qayta ishlab chiqariladi

Janubiy Koreyaning Samdong ENT kompaniyasi Samarqand viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha klaster tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Dunyo» AA xabar qildi.

Klaster Jomboy tumanidagi Samdong Re Jomboy korxonasi negizida tashkil etilib, u 35 mln dollarga baholanmoqda. Mazkur loyiha 2020−2022 yillarda O‘zbekiston investitsion dasturiga kiritilgan.

Loyihadan ko‘zlangan maqsad — qattiq maishiy chiqindilarni samarali yig‘ish va qayta ishlashdan iborat. Buning uchun Janubiy Koreya kompaniyasi maxsus chiqindi yig‘ish mashinalarini sotib olishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya vakillari loyihani amalga oshirishga kirishish uchun xalqaro qatnovlar ochilishi bilan O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar