Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarining ish haqi 2,5 barobarga oshirildi

Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarining ish haqi 2,5 barobarga oshirildi

O‘zbekiston tibbiyot xodimlarining bugungi kunda koronavirusga qarshi olib borayotgan mashaqqatli va o‘ta mas’uliyatli mehnatini munosib qadrlash va rag‘batlantirish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev yana bir muhim qarorni imzoladi. Bu haqda 29 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Qarorga ko‘ra, sanitariya-epidemiologiya xizmatining qariyb 11 mingga yaqin barcha toifadagi tibbiyot xodimlarining ish haqi 2,5 baravarga oshirildi.

«Umuman, karantin qoidalarini o‘z vaqtida joriy etganimiz va xalqimiz unga sabr-toqat bilan amal qilayotgani tufayli ko‘plab tuman va shaharlarda infeksiya tarqalishiga yo‘l qo‘ymadik», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar