Sardoba suv ombori qoshida kichik GES qurilishi boshlandi

Sardoba suv ombori qoshida kichik GES  qurilishi boshlandi

“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori qoshida kichik GES qurilishi boshlandi. Bu haqda “O‘zbekgidroenergo” matbuot xizmati xabar qildi.

Sardoba suv ombori 2017 yilda Janubiy Mirzacho‘l kanalining markaziy tarmog‘i oqib o‘tgan hududda barpo etilgan bo‘lib, suv omborining hajmi 930 mln m3 ni tashkil etadi. Suv omborining balandligi 28,8 metr.

“Sardoba suv omborida kichik GES qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy qiymati 21,3 mln yevroni tashkil qiladi.

Investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan. Loyiha Rossiya Federatsiyasining “Roseksimbanki” tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy kreditlar hisobiga moliyalashtirilishi rejalashtirilgan.

Rossiya tomonidan bosh pudratchi sifatida “Silovie mashini – ZTL, LMZ, Elektrosila, Energomasheksport” kompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazilib, 19,2 mln yevro ekvivalentiga teng shartnoma imzolangan.

Shuningdek, 3,7 mln yevro ekvivalentidagi o‘z mablag‘lari bilan “O‘zbekgidroenergo” AJ ishtirok etadi.

GESning o‘rnatilgan umumiy quvvati 10,7 MVt. GESda 5,35 MVtgdan iborat ikkita gidroagregat o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 41,1 kVt.soatga teng.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar