Shavkat Mirziyoyev: Bugundan boshlab shifokorlarning 14 kunlik ish xaqini joyida olish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev: Bugundan boshlab shifokorlarning 14 kunlik ish xaqini joyida olish tizimi joriy etiladi

20 iyul kuni “Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiya bilan bog‘liq holat hamda uni barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar” mavzusida Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“Bugundan boshlab koronavirusga chalingan bemorlar bilan ishlayotgan har bir maxsus shifoxonada alohida tijorat bankining kassalari tashkil qilinib, shifokorlarning 14 kunlik ish xaqini joyida olish tizimi joriy etiladi”, deya ta’kidladi davlat rahbari.

Koronavirusli bemorlar uchun ajratilgan shifoxonalarga qo‘shimcha 285 dona o‘pka sun’iy ventilyasiyasi apparati, 155 dona o‘pkani yordamchi nafas oldirish uskunasi, 140 dona kislorod konsentratori, 200 ta funksional yotoqlar bilan ta’minlandi.

“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida ushbu virusga shubhali bo‘lgan bemorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatuvchi 500 o‘rinli Taqsimlovchi markaz tashkil qilinmoqda.

Xususiy klinikalarga ham bunday bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishga ruxsat berildi va hozirda ularning ro‘yxati tuzilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar