Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)

Bugun, 24 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi yaqinida joylashgan Islom Karimov xiyoboniga ham tashrif buyurdi.

Prezidentimiz buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Islom Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan ulug‘ shaxs va arbob xotirasiga 2018 yilning 18 oktyabr kuni Moskva shahrida haykal o‘rnatilgan.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar