Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti kutubxonasining ochilish marosimida qatnashadi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti kutubxonasining ochilish marosimida qatnashadi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 19-20 fevral kunlari mazkur mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Anqara shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari hamraisligida ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikning holati va istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha fikr almashiladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashadi, Turkiya Prezidenti kutubxonasi majmuasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar