Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish bo‘yicha axborot tizimi yaratiladi

Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish bo‘yicha axborot tizimi yaratiladi

Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish bo‘yicha axborot tizimi yaratilib, Internet tarmog‘ida ishga tushiriladi.

Bu haqda Hukumat qarori bilan Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestri to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Shaxsga doir ma’lumotlar – muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, shaxsga doir ma’lumotlar bazalari mulkdor (ushbu ma’lumotlar bazasiga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs) va (yoki) operator (ushbu ma’lumotlarga ishlov beruvchi) tomonidan davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim (istisno holatlar mavjud).

Shaxsga doir ma’lumotlar bazasini davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish, avval kiritilgan ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish hamda davlat reyestridan chiqarishda to‘lov undirilmaydi.

Davlat personallashtirish markazi davlat reyestrini shakllantiradi, yuritadi va undagi axborotning yaxlitligini ta’minlaydi.

Davlat reyestri ma’lumotlari jismoniy va yuridik shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar