Sirdaryoda uy-joyiga ziyon yetgan aholi uchun ko‘p qavatli uylar quriladi

Sirdaryoda uy-joyiga ziyon yetgan aholi uchun ko‘p qavatli uylar quriladi

Prezidentning Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba suv ombori» to‘g‘onida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishda:

  • Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba suv ombori» to‘g‘onidan suv toshishi oqibatlarini bartaraf etish va hodisa sabablarini o‘rganish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tashkil etilishi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch kun muddatda yuz bergan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun Sirdaryo viloyati mahalliy byudjetiga dastlab 100 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratishi;
  • Favqulodda hodisa natijasida uy-joylariga jiddiy ziyon yetkazilgan aholini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida 2020-2021 yillar davomida 50 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi belgilandi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar