Situatsion-tahliliy markaz tashkil etildi

Situatsion-tahliliy markaz tashkil etildi

“Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (1010-son, 17.12.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tuzilmasida Situatsion-tahliliy markaz tashkil etildi.

Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri transport va turizm ob’yektlari hamda ularga tutash hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, jamlash va tahlil qilish hisoblanadi.

2021 yil 1 yanvarga qadar transport ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlovchi profilaktika inspektorlari mobil videoregistrator hamda qidiruvdagi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega planshetlar bilan, patrul-post xizmati xodimlari esa mobil videoregistratorlar bilan ta’minlanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar