So‘m yil boshidan buyon 7,2 foizga qadrsizlandi

So‘m yil boshidan buyon 7,2 foizga qadrsizlandi

Yanvar-iyun oylarida ichki valyuta bozoridagi holat xorijiy valyutaga bo‘lgan talab hajmining o‘sishi hamda taklif hajmining nisbatan kamayishi sharoitida shakllandi.

Joriy yilning I yarim yilligida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy hajmi 8,2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, 2018 va 2019 yillarning tegishli davrlariga nisbatan mos ravishda 1,8 va 1,2 barobarga o‘sdi.

Dastlabki 6 oyda yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasiga bo‘lgan talab o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7 foizga o‘sib, 6,5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.

Valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish maqsadlari tarkibida asosiy ulush (63 foiz) ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, tovarlar va xomashyo importi, 21 foizi – xalq iste’moli tovarlari va dori-darmon mahsulotlari importi, 13 foizi – xorijiy kreditlarni so‘ndirish, qolgan 3 foizi – boshqa maqsadlar uchun xarid qilingan.

Hisobot davrida jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 2,2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobar (797 mln. AQSh dollariga) oshdi.

Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan 1,7 mlrd. AQSh dollari sotib olinib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos nisbatan 3,1 barobar o‘sdi.

Joriy yil boshidan Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozoriga 2,2 mlrd. AQSh dollari hajmida intervensiya amalga oshirilib, mazkur davrda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan monetar oltin hajmi doirasida bo‘ldi.

Hisobot yili boshidan milliy valyuta kursi 7,2 foizga, iyun oyida esa 0,4 foizga qadrsizlandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar