Spark, Nexia, Cobalt va Gentra avtomobilini ishlab chiqarish to‘xtatiladi

Spark, Nexia, Cobalt va Gentra avtomobilini ishlab chiqarish to‘xtatiladi

O‘zbekistonda Spark, Nexia, Cobalt va Gentra avtomobillarini ishlab chiqarish asta-sekin to‘xtatiladi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

«Xorijiy kompaniyalar bilan kelishuvlar natijasida «O‘zavtosanoat» AJ korxonalari bazasida plastmassa va shovqindan himoyalash detallari, kabellar, interer detallari, texnologik jihozlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, — dedi kompaniya strategik rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qodirov. — Bu mahalliylashtirish darajasini 60 foizgacha yetkazish imkonini beradi».

Rustam Qodirov 2022-2023 yillarga qadar O‘zbekistonda Spark, Nexia, Cobalt va Gentra avtomobillarini ishlab chiqarish asta-sekin to‘xtatilishini aytdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar