Tadbirkorlar va aholiga bir qancha imtiyozlar beriladi

Tadbirkorlar va aholiga bir qancha imtiyozlar beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda karantin talablarini hushyorlikni oshirgan holda yanada yumshatish, iqtisodiyot tarmoqlarini bosqichma-bosqich ishlatish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan 13 may kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida pandemiya sharoitida tadbirkorlar va aholini qo‘llab-quvvatlash davom ettirilishini ta’kidladi.

Ular quyidagicha:

  • Kichik biznes va fermer xo‘jaliklariga ijtimoiy soliq stavkasi may-iyul oylarida 12 foizdan 1 foizga tushiriladi.
  • Kichik biznes vakillari, yakka tartibdagi tadbirkorlar kelgusi uch oy davomida yer va mol-mulk solig‘idan ozod etiladi.
  • Avvalgi qarorga asosan, aprel-may oylarida 1 mingdan ziyod tadbirkorning yer va mol-mulk soliqlari va penyalari bo‘yicha kechiktirilgan 80 milliard so‘m to‘lovlari kechib yuboriladi.
  • Tadbirkorlarga bojxona to‘lovlarini 120 kungacha kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi.
  • Ehtiyojmand oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida nafaqa oluvchi oilalar soni qo‘shimcha 70 mingtaga yoki 10 foizga ko‘paytirilib, byudjetdan yana 200 milliard so‘m ajratiladi.
  • Ilgari stavkasi 22 foizgacha bo‘lgan investitsiya kreditlari bo‘yicha foizlar qisman davlat tomonidan qoplab berilgan bo‘lsa, endi stavkasi 26 foizgacha bo‘lgan kreditlarning foizlari ham qisman qoplab beriladi.
  • Tadbirkorlarga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 500 milliard so‘mgacha (ilgari 10 milliard so‘mgacha) berilgan kreditlar bo‘yicha kompensatsiya miqdori 5 foizdan 10 foizga oshiriladi.
  • Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida joriy qilingan aholiga yakka tartibda uy-joy qurish va ta’mirlash uchun kredit berish tajribasi Toshkent shahrida ham tatbiq etiladi.
  • Mahalliy korxonalarning mahsulotiga nisbatan ichki talabni oshirish va shu orqali ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat tashkilotlariga III-IV chorakdagi xaridlarini II chorakda amalga oshirish huquqi beriladi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar