Tibbiyot OTM bitiruvchilari vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlarda ishlaydi

Tibbiyot OTM bitiruvchilari vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlarda ishlaydi

“Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalardagi mavjud kichik va o‘rta tibbiy xodimlar vakant joylari tibbiyot ta’lim muassasalari bitiruvchilari, pensionerlar va boshqa tibbiyot mutaxassisligiga ega bo‘lgan shaxslar orasidan to‘ldiriladi.

Respublikadagi OTMlarning “Biologiya” ta’lim yo‘nalishini tugatgan bitiruvchilar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi va ularning hududiy filiallari, Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlarida virusologiya laboratoriyasining vrach-laboranti mutaxassisligi bo‘yicha onlayn tarzda bir oylik qayta tayyorlash kurslarini o‘taydi.

Karantin tadbirlari yakuniga qadar barcha tibbiyot OTMlarining davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilari 1 yilgacha bo‘lgan muddatga vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlarga jalb qilinadi.

Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi hududiy bo‘linmalarining tibbiy xodimlarini “valeolog” mutaxassisligiga qayta ixtisoslashtirish bo‘yicha bir oylik qisqa muddatli onlayn kurslar tashkil qilinadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar