Toshkent shahri va ikki viloyat "sariq" hududga kiritildi

Toshkent shahri va ikki viloyat

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq koronavirus tarqalishi holatining hududlar kesimidagi tahlilidan kelib chiqib, karantin cheklovlari joriy yil 8 mayidan boshlab quyidagi uchta toifaga kiruvchi hududlarga ajratilib, bosqichma bosqich bekor qilib boriladi.

Ikkinchi — "sariq" toifadagi hudud — oxirgi 14 kun davomida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan, biroq ushbu kasallikka chalingan va davolanayotgan shaxslar mavjud bo‘lgan hududlar:

  • Surxondaryo,
  • Xorazm viloyatlari,
  • Toshkent shahri.

"Sariq" hududlarda ayrim cheklovlar saqlab qolinadi.

"Sariq" hududlarda, "qizil" hududlarga qo‘shimcha ravishda yana quyidagi faoliyat turlariga ruxsat beriladi:

  • nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo do‘konlari, zargarlik va gul sotish do‘konlari, sartaroshxona va go‘zallik salonlari (maxsus talablar asosida) hamda mehmonxonalar (xostellar va mehmon uylari bundan mustasno) faoliyati;
  • avtomashinalar yuvish shoxobchalari faoliyati, avtomobillar, qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikalariga texnik xizmat (servis) ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati;
  • hunarmandchilik, maishiy jihozlar va elektron qurilmalarni ta’mirlash ustaxonalari faoliyati;
  • yo‘nalishsiz taksida maxsus talablar asosida yo‘lovchi tashish, velosiped va skuterda harakatlanish.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar