Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimi joriy etiladi

Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimi joriy etiladi

16 iyul kuni “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining o‘zaro elektron hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etish reja-jadvali tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, “Raqamli Toshkent” geoaxborot tizimi vazifalaridan biri davlat organlari va tashkilotlaridan ma’lumotlarni tezkor yig‘ish va real vaqt rejimida Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati monitoring va tahlil qilinishini ta’minlashdan iborat.

Nizomda, shuningdek, geoaxborot tizimi foydalanuvchilarining vazifalari belgilandi.

Jumladan, Toshkent shahar hokimligi geoaxborot tizimiga egalik qiladi, uning uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi, iqtisodiy tahlil va prognozlash ishlarida keng foydalanadi.

Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etish reja-jadvaliga asosan sohalar bo‘yicha taqdim etilishi nazarda tutilgan ma’lumotlar belgilandi.

Jumladan, sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha shifoxona o‘rinlarining umumiy soni, bo‘sh joylar soni, kasalliklarning turlari va soni, tez yordam avtomashinalarining harakatlanish dislokatsiyasi kabi ma’lumotlar taqdim etiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar