Toshkentda 5 kun ichida koronavirusni davolashga ixtisoslashgan kasalxonalar quriladi (video)

Toshkentda 5 kun ichida koronavirusni davolashga ixtisoslashgan kasalxonalar quriladi (video)

"Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi.

Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida 10 trln so‘m miqdoridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etildi.

Jamg‘arma mablag‘lari:

  • davolash va koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun zarur bo‘ladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar, himoya vositalari va test tizimlari bilan ta’minlash;
  • xavf-xatar ostida bo‘lgan yoki virus yuqtirganlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarni karantinda saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
  • koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan himoya choralarini amalga oshirish xarajatlari uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratish;
  • yuqumli kasalliklarni aniqlash, profilaktika qilish va davolash bo‘yicha tadbirlarga jalb etilgan davolash va boshqa muassasalarni qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun yo‘naltirildi.

Prezidentimiz topshirig‘iga binoat xorijdan olib kelinayotgan yurtdoshlarimiz uchun karantin muddatida qulay sharoitlarda yashash va virus aniqlangudek bo‘lsa, davolanishlari uchun kasalxona qurilishi boshlab yuborildi.

Shifoxona Toshkent shahri Chilonzor tumani Arnasoy mavzesida, Toshkent viloyati Zangiota tumanida va Yuqori chiqchiq tumanida 53 gektar maydonda kasalxona qurilmoqda.

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Hayot Inog‘omov kasalxona 5 kun ichida qurib bikazilishi rejalashtirilayotgani haqida ma’lum qildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar