Toshkentda “FASHION WEEK-2019” Modalar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda

Toshkentda “FASHION WEEK-2019” Modalar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda

19 noyabr kuni poytaxtda “Tashkent Fashion Week-2019” Modalar haftaligi ochildi. Tadbir tashkilotchilari – “Osiyo Ramzi” O‘zbekiston Respublikasi dizaynerlar assotsiatsiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

“Tashkent Fashion Week-2019” professional dizaynerlar va Modalar uylariga o‘z liboslarini namoyish etish va modalar dunyosidagi tendetsiyalar haqida ma’lumot olish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ta’kidlash joizki, moda turizm industriyasi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lib, sayohat yo‘nalishini tanlashdagi asosiy mezonlardan biridir.

Bugungi kunda o‘zbek milliy matolari xalqaro hamjamiyat va jahon moda uylarida katta qiziqish uyg‘otmoqda, o‘zbek dizaynerlari esa, o‘z navbatida, milliy an’analarni saqlab qolgan holda zamonaviy modaga yangi elementlarni jalb qilishga harakat qilishmoqda. O‘zbekistonda yildan-yilga moda sanoatida sayyohlarni yanada ko‘proq jalb qilayotgan iste’dodlar soni oshib bormoqda.

Haftalik doirasida o‘zbek san’ati va matolari hamda O‘zbekistonning mashhur dizaynerlari mahsulotlari ko‘rgazmasini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Moda haftaligi 24 noyabrgacha davom etadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar