Toshkentda Fix Price do‘konlar tarmog‘i ochilishi mumkin

Toshkentda Fix Price do‘konlar tarmog‘i ochilishi mumkin

Fix Price do‘konlar tarmog‘ini boshqaruvchi kompaniya “Best Prays” MChJ O‘zbekistonda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirdi. Bu haqda Intellektual mulk agentligining “Intellektual Mulk” tizimi ma’lumot bermoqda.

"Kompaniya xodimlarni saralab olishni o‘tgan yilning yozida boshlagan edi. Xodimlarni izlash ishlari Toshkentda olib borilmoqda".

Fix Price – universal chakana do‘koni. Do‘kondagi barcha tovarlar ularning turlaridan qat’iy nazar belgilangan bir narxda sotiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar