Tramp AQShga immigratsiyani vaqtinchalik to‘xtatish to‘g‘risidagi farmon chiqardi

Tramp AQShga immigratsiyani vaqtinchalik to‘xtatish to‘g‘risidagi farmon chiqardi

AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakatda ish o‘rinlari defitsiti tufayli AQShga immigratsiyani vaqtinchalik to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

"Amerikalik ajoyib mehnatkashlarni himoya qilish maqsadida Qo‘shma Shtatlarga immigratsiyani vaqtinchalik to‘xtatdim. Bu jamiyatning barcha qatlamidagi ishsiz amerikaliklar iqtisodimiz o‘sishni boshlashi bilan ish o‘rinlariga da’vogarlar ro‘yxatida birinchi bo‘lishlarini kafolatlaydi. Biz shuningdek tibbiy resurslarimizni tejab qolamiz", degan Tramp matbuot-anjumani davomida.

Oq Uy xususan, koronavirusga qarshi kurashda yordami zarur bo‘lgan shifokorlar va boshqa ishchilar uchun istisno qilinishini izohlab o‘tganlar.

Tramp ma’muriyati bir qator ijtimoiy so‘rovlardan ma’lumotlar keltirishgan va ularda amerikaliklarning aksariyati mamlakatga immigratsiya vaqtinchalik cheklanishini qo‘llab-quvvatlashlarini, ommaviy immigratsiya bu xatar ekanligini bildirishgan.

Bunday farmonni imzolashi to‘g‘risida Tramp kuni kecha ma’lum qilgan edi. Prezident so‘zlariga ko‘ra, bu cheklovlar AQShda doimiy yashash huquqi - grin-kartani qo‘lga kiritishni xohlaydiganlar uchun amal qiladi. Tramp immigratsiyani ikki oyga vaqtincha to‘xtatishini va muddat o‘tishi bilan, farmonning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirmaslik haqida qaror qabul qilishini aniqlashtirib o‘tgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar