Trampning migratsiya vizalari to‘g‘risidagi qaroridan yirik kompaniyalar norozi bo‘ldi

Trampning migratsiya vizalari to‘g‘risidagi qaroridan yirik kompaniyalar norozi bo‘ldi

Apple korporatsiyasi rahbari Tim Kuk AQSh hukumatining bir qator toifadagi mehnat vizalarini berishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘ldi.

"Bizning muhojir xalqimiz, xuddi Apple singari doimo rang-barangligimizdan quvvat oladi va Amerika orzusiga umid qiladi”, deb yozadi Tim Kuk.

Google'ning bosh direktori hindistonlik Sundar Pichai o‘z akkauntida Kukni qo‘llab-quvvatlab, muhojirlarni "Amerikaning iqtisodiy muvaffaqiyati va uning dunyo texnologiyalari yetakchisiga aylanishida" qo‘shgan hissasi uchun maqtadi.

Xuddi shunday, Microsoft bosh direktori Bred Smit, Salesforce rahbari Mark Benioff va Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask ham avvalroq bunga munosabat bildirishdi.

22 iyun kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp bir nechta toifadagi vizalarni berishni 2020 yil oxirigacha to‘xtatib turish to‘g‘risida buyruqni imzolagan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar