“To‘maris” konidagi yangi quduqdan gaz olindi

“To‘maris” konidagi yangi quduqdan gaz olindi

Joriy yilning 11 yanvar kuni “To‘maris” konida navbatdagi 4-sonli yangi quduq ishga tushirildi. U yerdan sanoat miqyosidagi kunlik 110 ming kub metr tabiiy oqimi olindi.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, hozirgi kunda kondagi jami 4 ta quduqdan kunlik 720 ming kub metr gaz qazib olinmoqda.

“To‘maris” konidan qazib olinayotgan tabiiy gaz qayta ishlanib magistral gaz quvurlari orqali iste’molchilarga yetkazib berilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “To‘maris” koni O‘zbekiston va Turkmaniston chegarasida joylashgan. “O‘zbekneftgaz” uni 2018 yil avgust oyida ochgan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar