Turizm sohasida yangi standart qabul qilindi

Turizm sohasida yangi standart qabul qilindi

“O‘zstandart” O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qarori bilan Oʻz DSt EN 13809:2019 (EN 13809:2003, IDT) “Turistik xizmatlar. Turoperatorlar va turagentlar. Atamashunoslik” davlat standarti tasdiqlandi.

Yangi standart Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Mazkur standart xalqaro darajadagi EN 13809:2003 «Tourism services – Travel agencies and tour operators– Terminology» standartiga muvofiq keladi. Standart turistik biznesda keng qo‘llaniluvchi hamda soha xizmatlari foydalanuvchilari va provayderlari o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvga ko‘mak beruvchi qator atamalar izohlarini o‘zida jamlagan.

Turizm xizmatlari tanlovini anglash sayyohlar umidini qondirish ehtimolini oshiradi. Turistik biznes, o‘z o‘rnida, sohadan yaxshi xabardor iste’molchilarning borligidan yutadi.

Standart shuningdek turizm va sayohatlarga doir boshqa standartlar hamda qonun ishlab chiquvchilari uchun ham foydalidir.

Ma’lumot ilovasi o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi atamalar lug‘ati hisoblanadi.

Yangi standart 2020 yilning 1 aprelidan kuchga kiradi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar