“Turkmanenergo” bilan kelishuv: 1 dekabrdan elektr energiyasi ta’minotida ijobiy o‘zgarishlar bo‘ladi

“Turkmanenergo” bilan kelishuv: 1 dekabrdan elektr energiyasi ta’minotida ijobiy o‘zgarishlar bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi elektr energiya tizimidagi tanqislikni bartaraf etish, mamlakatimiz aholisini kuz-qish mavsumida uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Turkmaniston Respublikasining “Turkmanenergo” davlat elektr energetika korporatsiyasi bilan 2019-2020 yillarda elektr energiyasini import qilish yuzasidan ma’lum kelishuvga erishdi. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 2019 yil 1 dekabr sanasidan respublikamiz elektr energiyasi ta’minotida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berib, tarmoqdagi cheklovlar keskin kamayishini ma’lum qildi. Manba: O‘zA
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar