Turkompaniyalar va mehmonxonalarni sertifikatsiyalash bekor qilinishi mumkin

Turkompaniyalar va mehmonxonalarni sertifikatsiyalash bekor qilinishi mumkin

Turizm sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalarni sertifikatsiyadan o‘tkazishni bekor qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda turistik biznes vakillari ishtirok etgan APTA Networking Club—2020 uchrashuvida Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Abdulaziz Oqqulov ma’lum qildi, deb yozmoqda Spot.

Oqilov bu orqali turistlarga xizmat ko‘rsatish sifati oshishini ta’kidlamoqda

Ushbu ruxsat berish hujjatlari sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar o‘rtasida raqobatni oshirish yo‘li bilan bekor qilinadi. Oqqulovning aytishicha, bu turistlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining oshishini ta’minlaydi.

"Ayni vaqtda ushbu yo‘nalishdagi nazorat organi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi qoshidagi turistik xizmatlarni Sertifikatsiyalash markazi hisoblanadi. Ushbu tashkilot faoliyatini qayta ko‘rib chiqib, markaz asosiy vazifasi nafaqat turoperatorlar, mehmonxonalar, balki turistlarga xizmatlar ko‘rsatuvchi barcha kompaniyalarda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi inspeksiyaga aylantiriladi. Ushbu ishlarni amalga oshirishga taxminan bir yoki ikki yil vaqt kerak bo‘ladi", deydi Abdulaziz Oqqulov.

Sifatsix xizmat ko‘rsatgan mehmonxona ballar yo‘qotadi

Qo‘mita rahbariyati sifat nazorati turistlar qo‘ygan baholarga asoslanadi. Inspeksiya servislarni yaxshilagan kompaniyalarni rag‘batlantirish uchun ular reytingini tuzadi.

Sifatsiz xizmat ko‘rsatayotgan mehmonxona yoki turkompaniyalar reytingda ballar yo‘qotadi va ushbu ro‘yxatda pastlaydi.

Turagentliklarni sertifikatsiya majburiyatidan ozod qiluvchi hujjat qabul qilinadi

Shuningdek, Abdulaziz Oqqulov yaqin vaqt ichida turagentliklarni sertifikatsiya majburiyatidan ozod qilish bo‘yicha hujjat qabul qilinishini ham ma’lum qildi.

"Kelajakda turoperatorlar va mehmonxonalar sertifikat olishining majburiyligi bekor qilinadi. Rivojlangan raqobat sharoitlarida, masalan, ikkita mehmonxona mijoz uchun yana ham sifatli xizmat ko‘rsatish uchun kurashayotgan vaqtda davlat ruxsat etuvchi hujjatlar berish yo‘li bilan kompaniyalar ishiga aralashmasligi lozim", deydi Oqqulov.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar