“UzAuto Motors” avtomobillar narxi asosli ekanligini va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsizligini ma’lum qildi

“UzAuto Motors” avtomobillar narxi asosli ekanligini va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsizligini ma’lum qildi

2020 yil 19 avgust kuni, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasida “UzAuto Motors”ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risi”dagi Qonuni buzilishi belgilariga nisabatan ochilgan ish bo‘yicha navbatdagi tinglov o‘tkazildi.

Bahsli masalalarni asoslash uchun zarur qo‘shimcha materiallarni tayyorlashga muddat qisqa ekanligi tufayli, “UzAuto Motors” AJ tomonidan ish ko‘rib chiqilishi keyinroqqa qoldirilishi (2005 yil 12 oktyabrdagi 225- sonli VMQga muvofiq)ni so‘rab iltimosnoma yo‘llangandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ish bir taraflama ko‘rib chiqildi, uning yakunida noto‘liq ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilindi, deb yozmoqda “UzAuto Motors” AJ matbuot xizmati.

"Qayd etish o‘rinliki, avtomobillarni ishlab chiqarish murakkab jarayon bo‘lib, uni o‘rganish yetarlicha vaqt talab etadi. “UzAuto Motors” faoliyatini yanada chuqurroq va asosliroq o‘rganish kelgusi sud muhokamalari davomida mumkin bo‘ladi – kompaniya o‘zining ushbu huquqidan foydalanishni rejalashtirgan.

Shuni ham qayd etish o‘rinliki, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qoshidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror uzil-kesil hisoblanmaydi – keyingi xatti-harakatlar sud muhokamalari yakunlaridan kelib chiqib belgilanadi.

O‘z navbatida, kompaniya avtomobillar narx asosli ekanligini va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsizligini ma’lum qiladi", deyiladi xabarda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar