«UzAuto Motors» ayollar uchun aksiya e’lon qildi

«UzAuto Motors» ayollar uchun aksiya e’lon qildi

«UzAuto Motors» AJ Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan aksiya boshlangani haqida e’lon qildi.

2 dan 8 martgacha davom etadigan mazkur aksiyada avtomobillarining texnik holatini tekshirishni istagan barcha ayollar ishtirok etishlari mumkin.

Kompyuter dasturlari yordamida diagnostika stendlarida bizning mutaxassislarimiz sizning avtomobilingizni barcha texnik parametrlarini, jihozlar, tizimlar va qismlarning holatini tekshiradilar va keyingi foydalanish bo‘yicha maslahat beradilar. Butun hafta davomida, shuningdek, avtomobilingizni yuvish, g‘ildiraklarni muvozanatlash (balansirovka) va g‘ildiraklarni moslashtirish (razval sxojdeniye) kabi bepul xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

Ushbu aksiyada ishtirok etish istagida bo‘lgan ayollar uchun 2 martga qadar kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘lish sharti qo‘yildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar