UzAuto Motors Belarusga avtomobil eksportini boshladi

UzAuto Motors Belarusga avtomobil eksportini boshladi

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet brendi ostida Belarusda avtomobillar sotishni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Belarus avtomobil bozorida taklif etilayotgan Chevrolet brendi ostidagi birinchi modellar Spark, Nexia va Cobalt bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Avtomobillarning birinchi partiyasi Chevrolet brendi qimmatbaho avtomobillarining rasmiy dileri bo‘lgan "Multimotors" avtomarkaziga yetkazib berildi va hozirda UzAuto Motors kompaniyasi bilan Chevrolet rusumidagi avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha yangi dilerlik shartnomasi tuzildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu mashinalarning asosiy afzalligi pul/narxning maqbul nisbati, shu jumladan jihozlanishi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar