UzAuto Motors: O‘zbekistonda ilk bor avtokreditni onlayn tarzda uydan turib rasmiylashtiring

UzAuto Motors: O‘zbekistonda ilk bor avtokreditni onlayn tarzda uydan turib rasmiylashtiring

UzAuto Motors kompaniyasi Infinbank bilan hamkorlikda xaridorlarga avtokreditni onlayn rejimda rasmiylashtirishni taklif qilmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilgan.

"Kredit stavkasi dastlabki badal puliga bog‘liq bo‘lib, boshlang‘ich pulingiz qancha ko‘p bo‘lsa, kredit bo‘yicha foiz stavkangiz shuncha kam bo‘ladi", deyiladi xabarda.

Kreditlar Spark, Nexia, Lacetti, Tracker, Malibu, shuningdek, Trailblazer avtomobillarini xarid qilish uchun taqdim etilmoqda.

35% boshlang‘ich to‘lov amalga oshirgan taqdiringizda foiz stavkasi quyidagi avtomobillar uchun 23,9% tashkil qiladi:

  • Spark 3 pozitsiya AT — muddati 24 oy
  • Nexia 3 pozitsiya AT— muddati 24 oy
  • Lacetti 1 pozitsiya — muddati 30 oy
  • Lacetti 1 pozitsiya s GBO — muddati 30 oy
  • Trailblazer — muddati 36 oy
  • Tracker MT/AT va Malibu 1,5 avtomobillari uchun boshlang‘ich to‘lov 25%, kredit muddati 36 oy.

50 foizgacha boshlang‘ich to‘lov amalga oshirilgan taqdirda quyidagi avtomobillar uchun foiz stavkasi yillik 18% tashkil qiladi, kreditlash muddati 24 oy:

  • Spark 3 pozitsiya AT — boshlang‘ich to‘lov 50%
  • Nexia 3 pozitsiya AT— boshlang‘ich to‘lov 50%
  • Lacetti 1 pozitsiya — boshlang‘ich to‘lov 50%
  • Lacetti 1 pozitsiya s GBO — boshlang‘ich to‘lov 50%
  • Trailblazer — boshlang‘ich to‘lov 50%
  • Tracker MT/AT va Malibu avtomobillari uchun boshlang‘ich to‘lov 40% tashkil qiladi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar