"Uzbekistan Airways" to‘rtta samolyotni sotuvga qo‘ydi

"Uzbekistan Airways" AJ to‘rtta Boeing samolyotini sotuvga qo‘yganini e’lon qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Kompaniya bu aviaparkni yangilash va kelgusida unifikatsiyalashtirish loyihasi doirasida amalga oshirilayotganini tushuntirgan.

Samolyotlarning narxi:

  • Boing 757-200 UK-75701 (1999 y.) - 12 030 000 dollar;
  • Boeing 757-200 UK 75702 (1999 y.) - 12 408 000 dollar;
  • Boeing 767-3 CBER UK-67007 (2003 y.) - 21 414 000 dollar;
  • Boeing 767-3 CBER UK-67008 (2004 y.) - 22 362 000 dollar.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar