O‘zbekiston Prezidenti “Turkiy dunyo tiklanishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidenti “Turkiy dunyo tiklanishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy dunyo yozuvchilari, ziyolilari va san’atkorlari jamg‘armasi (Türk Dünyası Yazarlar ve Sanatçılar Vakfı –TURKSAV) tomonidan ta’sis etilgan “Turkiy dunyo tiklanishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda TURKSAVning Anqarada o‘tkazilgan maxsus matbuot anjumanida ma’lum qilindi. Mukofot sohibining ismi-sharifi TURKSAV hay’ati kollegial qo‘mitasi tomonidan Turkiya va xorijiy davlatlarning taniqli siyosatchilari, iqtisodchilari, fan va san’at namoyondalarining 2019 yildagi faoliyatini o‘rganish natijalari asosida e’lon qilindi. TURKSAV mukofotini topshirish marosimi 2020 yil may oyida Anqarada Turkiya parlamenti, hukumati, keng jamoatchiligi, ishbilarmon doiralari va san’at arboblari ishtirokida tantanali tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mukofotga turli yillarda Turkiya Prezidenti S.Demirel, Ozarbayjon Prezidenti H.Aliyev, Qozog‘iston Prezidenti N.Nazarboyev va boshqalar sazovor bo‘lgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar