Valday klubi a’zolari Samarqandda dunyo yetakchilari qarashlarini tahlil qiladilar

Valday klubi a’zolari Samarqandda dunyo yetakchilari qarashlarini tahlil qiladilar

Valday klubining “Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizlik qarshisidagi ko‘pqirrali hamkorlik” mavzusiga bag‘ishlangan o‘ninchi Osiyo anjumaniga start berildi.

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda 11ta – Rossiya, O‘zbekiston, Germaniya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston, Filippin, Shvetsiya, Yaponiya kabi davlatlardan 70 dan ortiq yetakchi ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Anjumanda asosiy e’tibor – Katta Yevroosiyoning logistika, madaniy va iqtisodiy aloqa vositalariga qaratiladi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqadagi (Rossiya, Xitoy, Hindiston) va nomintaqaviy (AQSh, Yevropa Ittifoqi) asosiy o‘yinchilar bilan hamkorlik qiladi va bu faktlarning o‘zi geosiyosiy jihatdan tabiiyki, e’tiborga molikdir.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2019 yilda o‘tkazilgan an’anaviy Valday anjumanida, Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik tamoyillari haqida fikr bildirar ekan, kelajakda jahonda o‘rnatiladigan yangi tartibni belgilab bergan edi.

O‘ninchi Osiyo anjumani ishtirokchilari jahon va mintaqa yetakchilari qarashlarini tahlil qiladilar, ushbu maydonning kelajagiga doir o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashadilar.

Ikki kunlik anjuman dasturidan Rossiya-O‘zbekiston ikkiyoqlama sessiyasi, shuningdek, xorijiy ekspertlar ishtirokidagi sessiyalar o‘tkazilishi nazarda tutilgan. Ularda asosiy e’tibor: mintaqaning dunyodagi ishlardagi roli, xavfsizlik chaqiriqlari, iqtisod orqali birgalikdagi hamkorlik va kelajakka yondashuvlar masalalariga qaratiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar