"Xalq banki" 15 foizli imtiyozli kredit olish bo‘yicha 50 ta namunaviy biznes rejalarni taqdim etdi

O‘zbekiston "Xalq banki" kichik biznes loyihalari bo‘yicha biznes-rejalarining 50 namunasini taklif etdi. Imtiyozli kreditlar 15 foiz bilan beriladi.

Biznes-rejalarda asbob-uskunalar va xom ashyo narxlarining hisob-kitobi, taxminiy unumdorlik ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarish xarajatlari, soliqlar va tushumlar mavjud. Ma’lumotlar o‘zbek tilida berilgan.

Oilaviy biznesni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 oktyabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4498-sonli qaroriga asosan quyidagi maqsadlar uchun imtiyozli kreditlar ajratilmoqda:

  • hunarmandchilikni rivojlantirish;
  • ayollarni qo‘llab-quvvatlash va oilalarni mustahkamlash;
  • "Yoshlar - bizning kelajagimiz" dasturi;
  • dehqon va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini yaxshilash;
  • Har bir oila - bu tadbirkor dastur;
  • aholi bandligini ta’minlash.

Imtiyozli kreditlar bo‘yicha biznes-rejalar quyidagi loyihalar uchun taqdim etiladi:

Ustaxona, quyonchilik, baliqchilik, chorvachilik, sartaroshxona, g‘isht, duradgorlik, asalarichilik, avtomoyka, o‘quv markazi, kanselyariya, stomatologiya, tikuvchilik, makaron, choyshab-matras, avto kovrik, issiqxona, qandolat, bosmaxona, sport markazi, hidli sham, go‘sht mahsulotlarini dudlash, go‘sht mahsulotlarini muzlatish , qog‘oz paketlar, tibbiyot niqoblari, poliyetilen baxila bosh kiyim qalpoq, bolalar tagligini ishlab chiqarish, sopol kafel plitka mahsulotlari, tashrif taklifnomalar, sovg‘alarni qadoqlash, yog‘och o‘yinchoqlar, poyabzal, xrustal, kalit, un, pichoq, zardo‘zlik, kompyuter xizmati, sport kiyimlari, mevallarni qayta ishlash murabbo, plastik cherepitsalar, mineral salqin ichimliklar, temir eshiklar, sopol lagan likopcha, nam salfetka, parrandachilik, sutni mahsulotlarini qayta ishlash, charm sumka ryukzaklar va boshqalar.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar