Xorazm viloyatida umumiy qiymati 2,2 trln so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

Xorazm viloyatida umumiy qiymati 2,2 trln so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

“Xorazm viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Xorazm viloyatida 2020–2022 yillarda umumiy qiymati 2,2 trln so‘mlik 84 ta investitsiya loyihalari, bundan tashqari umumiy qiymati 516,8 mln dollarlik 26 ta istiqbolli investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.

2021 yil 1 aprelga qadar 26 ta yirik investitsiya loyihalari bilan bir vaqtda viloyatning har bir tumanida qo‘shimcha yangi sanoat ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.

“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining (EIZ) qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan bo‘sh turgan yer uchastkalari hisobidan kengaytiriladigan hududlar belgilandi.

Qarorga ko‘ra, EIZga O‘zbekistonning tegishlicha xorijdagi diplomatik vakolatxonalari biriktirildi.

Biriktirilgan elchixonalar viloyat hokimligi bilan birgalikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan EIZda yangi investitsiya loyihalarini joylashtiradi.

Xorazm viloyati hokimligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan Infratuzilma jamg‘armasi tashkil etilib, uning mablag‘lari EIZning kengaytirilgan hududlarida infratuzilma qurilishini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

2020 yil 1 sentyabrdan boshlab eksport qatnovlarda Xorazm viloyati va Toshkent shahri o‘rtasida eksport qiluvchilarga temir yo‘l yuk qatnovi tariflariga 50 foiz chegirma joriy etiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar