Xususiy pudrat tashkilotlariga kafillik va kompensatsiya beriladi

Xususiy pudrat tashkilotlariga kafillik va kompensatsiya beriladi

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan xususiy pudrat tashkilotlariga yangi tartib doirasida shahar va qishloq joylarida 4 va undan yuqori qavatli hamda Toshkent shahrida 7 va undan yuqori qavatli ko‘p kvartirali uy-joylar qurish uchun ajratilgan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari bo‘yicha:

  • kredit summasining 50 foizigacha, biroq 8 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi;
  • foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmaydigan va summasi 20 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya to‘lanadi.

Bunda, kafillik va kompensatsiyalar Moliya, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish hamda Qurilish vazirliklari tomonidan kvartira bir kvadrat metrining tegishli hududdagi o‘rtacha bozor qiymati hamda 2 xonali, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar maydonining belgilangan me’yorlarini inobatga olgan holda ko‘p kvartirali uy-joylar qurilganda beriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar