Xususiy tibbiyot tashkilotlari rivojlantiriladi

Xususiy tibbiyot tashkilotlari rivojlantiriladi

18 fevral kuni “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “Asaka” ATBga xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million dollari miqdorida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kredit liniyasi taqdim etiladi.

Jamg‘armaning kredit liniyasi 10 yilgacha muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr, “Asaka” ATB marjasini hisobga olmasdan yillik 5 foiz stavka bilan hududlarda yangi import tibbiyot uskunalari (kosmetologiyaga oidlari bundan mustasno) va ularga butlovchi qismlarni xarid qilish uchun taqdim etiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar