Yana 20 nafar bemor butunlay koronavirusdan tuzaldi

Yana 20 nafar bemor butunlay koronavirusdan tuzaldi

16 aprel kuni Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana 20 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi charter reys orqali Turkiyadan Buxoroga kelishgan bo‘lib, “Sitorai Mohi Xosa” sanatoriysida karantinga olingan edi. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Bemorlarning 10 nafari erkak, 10 nafari ayollardir. Ulardan 11 nafari Toshkent shahri, 4 nafari Samarqand viloyati, 2 nafari Jizzax viloyatidan, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlaridan esa 1 nafarni tashkil etadi. Ular orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 21 yoshda.

Bemorlarning darddan forig‘ bo‘lishida, shubhasiz, mazkur shifoxona tibbiyot xodimlarining birdamlikda olib borgan samarali davolash muolajalari muhim ahamiyat kasb etdi. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 8 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 28 nafarga yetdi.

Ayni paytda qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 127 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar