Yangilanayotgan O‘zbekiston uchun yangi avlod kadrlari

Yangilanayotgan O‘zbekiston uchun yangi avlod kadrlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Yangilanayotgan O‘zbekiston uchun yangi avlod kadrlari” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan anjumanda AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya kabi rivojlangan 18 davlatdan kelgan 300 dan ziyod “Umid” jamg‘armasi bitiruvchilari ishtirok etdi.

Konferensiyani o‘tkazishdan maqsad, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijalarini tahlil qilish, istiqboldagi rejalarning samarali ijrosi yuzasidan ekspertlar fikrini o‘rganish, jamiyatni yanada demokratlashtirish, davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilishdan iboratdir.

Mazkur anjuman “Umid” jamg‘armasi bitiruvchilari o‘rtasida doimiy aloqa o‘rnatish uchun o‘ziga xos platforma sifatida tashkil etildi. Anjumanga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida dunyoning turli davlatlaridan 600 dan ziyod kishi "http://conference.eyuf.uz" sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgani konferensiyaga qiziqishning yuqori ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar