O‘zbekiston Yaponiya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi

O‘zbekiston Yaponiya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi

"Diplomatik yoki rasmiy pasporti egalari bo‘lgan Yaponiya fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish rejimini liberallashtirish to‘g‘risida"gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2020 yil 1 martdan paritet asosda Yaponiya TIV tomonidan berilgan diplomatik yoki rasmiy pasport egalari bo‘lgan Yaponiya fuqarolari:

  • O‘zbekistonda diplomatik yoki konsullik faoliyatini amalga oshirish va Yaponiya Hukumati vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan, shu jumladan ular bilan doimiy yashaydigan oila a’zolari uchun O‘zbekistonda bo‘lish muddatiga;
  • boshqa maqsadlarda 90 kungacha O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi belgilandi.

Vizasiz kirish tartibi O‘zbekistonga mehnat, kasbiy va boshqa faoliyatni amalga oshirish yoki doimiy yashash uchun keladigan Yaponiya fuqarolariga tatbiq etilmaydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar