Endi koronavirus yuqtirganlar shifoxonaga kelishlaridan avval qayerlarda bo‘lganliklarini bilish mumkin

Endi koronavirus yuqtirganlar shifoxonaga kelishlaridan avval qayerlarda bo‘lganliklarini bilish mumkin

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yurtimizda koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olishda ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida ob’yektiv va ishonchli ma’lumot bilan ta’minlash, aholini qiziqtirgan savollariga javob berib borish maqsadida 1003 qisqa raqamli Call-markazi ishga tushirilgan edi.

Bugun esa bemorlarning epidemiologik marshruti bilan tanishish imkoni yaratildi.

“COVID-19 “ bilan kasallanganlar mamlakatimizning qaysi hududlaridan, ular ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasida davolanishni boshlashlaridan avval qaysi joylarda bo‘lishgan, ehtiyot choralarini ko‘rish uchun ular bilan muloqot ehtimolini qanday bilish mumkin?

Ushbu savollarga javob berish maqsadida vazirlikning COVID-19 bo‘yicha rasmiy saytida “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ hamkorligida yangi funksiya yaratildi. Ya’ni, birinchisi, saytda kasallik qaysi hududlarda tasdiqlanganini ifoda etuvchi xarita bilan tanishish mumkin.

Ikkinchisi esa, ushbu xarita ostida “Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlarning epidemiologik marshruti” tugmasini bossangiz bemorlarning shifoxonaga kelishlaridan avval qayerlarda bo‘lganliklarini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlarni olgach, ehtiyotkorlik yuzasidan bu hududlarga bormaslikka harakat qiling, o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang! Shifokorlarga chin dildan yordam bermoqchi bo‘lsangiz, uyda qoling!

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar