“Yashirin iqtisodiyot” ulushi qisqartiriladi

“Yashirin iqtisodiyot” ulushi qisqartiriladi

Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasida “Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi “Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi:

  • iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirishga qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish;
  • iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va markirovkalash;
  • iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini oshirish;
  • bank xizmatlarining ommabopligini oshirish;
  • “yashirin iqtisodiyot” sub’yektlarini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish;
  • tashqi savdoda “yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish bo‘yicha samarali tizimni joriy etish;
  • “yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish bo‘yicha keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil qilish.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar