O‘zbekiston jahon o‘simliklar himoyasi tizimining bir qismiga aylandi

O‘zbekiston jahon o‘simliklar himoyasi tizimining bir qismiga aylandi

Davlatimiz O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro konvensiyaga qo‘shildi (23.12.2019 yildagi O‘RQ-596-son Qonunga qarang).

U 1951 yil 6 dekabrda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) oltinchi Konferensiyasida qabul qilingan. Ushbu xalqaro hujjatning maqsadi kultivatsiya qilingan va yovvoyi holatda o‘suvchi o‘simliklarni introduksiya va zararli organizmlar tarqalishining oldini olish yo‘li bilan himoyalash hisoblanadi. Konvensiya missiyasi – ushbu maqsadlarda davlatlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, bioxilma-xillikni saqlab qolish va o‘simliklardan tayyorlanadigan mahsulotlarning xalqaro savdosiga ko‘maklashish.

Konvension organlar tizimi Rimda (Italiya) joylashgan, o‘simlik resurslari va savdo aloqalarini himoyalash sohasida davlatlar sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan holda ishtirokchilar o‘rtasida axborot almashinuviga ko‘maklashadigan Kotibiyatdan, shuningdek rahbarlik qiladigan Fitosanitariya tadbirlari bo‘yicha komissiyasidan (ahdlashuvchi tomonlarning maslahat organi) iborat. Komissiya maslahat organi – 7 a’zodan iborat Byuroga ega, u strategik kurs, hamkorlik, moliyaviy va operativ masalalar bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqadi. Mintaqaviy darajada va mamlakat ichkarisida Konvensiya siyosatini amalga oshiradigan o‘simliklarni himoyalash bo‘yicha mintaqaviy va milliy tashkilotlar faoliyat yuritadi.

Konvensiya doirasida fitosanitariya tadbirlari xalqaro standartlari (FTXS) qabul qilinadi, u invaziv zararli organizmlarni, shu jumladan o‘simliklarga bilvosita zarar yetkazadigan yovvoyi o‘simliklarni qamrab oladi. Zararli organizmlarning ko‘chib yurishiga doir standartlar yer usti transporti, kemalar, samolyotlar, konteynerlar, saqlash joylari, tuproq, yog‘ochli o‘ramlar va saqlash uchun foydalaniladigan boshqa ob’yektlarni o‘z ichiga oladi. FTXS tovarlar va transport vositalarining xalqaro harakatlanishi bilan bog‘liq fitosanitariya xatarlarini boshqarishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olganligi sababli xavfsiz savdoga ko‘maklashadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar