O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berildi

O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab Kapital bozorini rivojlantirish agentligi litsenziyasi asosida bukmekerlik faoliyatini yuritishga ruxsat berildi.

Farmonda tegishli vazirlik va idoralarga 2020 yil 1 iyunga qadar shaxslar tomonidan bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishni buzish, shuningdek, totalizator o‘ynash, o‘yinga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishilgan o‘yinlar o‘tkazish, ularda ishtirok etish yuzasidan javobgarlikni belgilash bo‘yicha Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish topshirildi.

Shuningdek, bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari daromadlarining bir qismini sport turlari, shu jumladan, futbolni rivojlantirish uchun yo‘naltirish belgilandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar