O‘zbekistonda dasturchilar uchun bepul onlayn kurslar ochilmoqda

O‘zbekistonda dasturchilar uchun bepul onlayn kurslar ochilmoqda

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad - raqamli texnologiyalar yo‘nalishida mutaxassislar avlodini tayyorlash, dasturlash bo‘yicha ularga kerakli bilim va ko‘nikmalarni berishdir.

Toshkent shahridagi Inha universitetida “Bir million dasturchi” loyihasi ishga tushirildi. Loyihadan ko‘zlangan maqsad raqamli texnologiyalar yo‘nalishida mutaxassislar avlodini tayyorlashdan iborat.

13 yoshdagi har bir kishi loyihada ishtirok yetish uchun ariza topshirishi mumkin. Yangi bilimlarni masofaviy tarzda maxsus onlayn portal orqali olishadi.

Birinchi bosqichda loyiha global mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarni o‘z ichiga oladi: Data Analysis, Android Programming, Full-Stack Development, Frontend Development. Umumiy kurs 120 soatlik ta’lim uchun mo‘ljallangan.

Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar grantlar uchun raqobatlasha olishadi va Udacity platformasidagi 100dan ortiq Nanodegree dasturlarining birida o‘qishni davom ettirishlari mumkin. Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar grantlar uchun raqobatlasha olishadi va Udacity platformasidagi 100dan ortiq Nanodegree dasturlarining birida o‘qishni davom ettirishlari mumkin.

Mazkur loyiha O‘zbekistonda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Dubay Future Foundation jamg‘armasi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti, IT-akademiyasi va al-Xorazmiy nomidagi IT-maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar