Halqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) koronovirus tarqalishi oqibatida yuzaga keluvchi iqtisodiy inqirozni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalarini bermoqda

Halqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) koronovirus tarqalishi oqibatida yuzaga keluvchi iqtisodiy inqirozni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalarini bermoqda

Koronovirusning milliy va global iqtisodiyotga ta’sirini yumshatish maqsadida davlatlar tomonidan turli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. XVF ham global moliya tizimining barqaror ishlashi uchun ma’sul institut sifatida davlatlar uchun iqtisodiy yo‘qotishlarni yumshatishga qaratilgan tavsiyalarini bermoqda.

“COVID-19ni barataraf etish ijtimoiy uzoqlashuv va karantin tadbirlari to‘g‘ri yo‘l bo‘lsa, global iqtisod uchun esa, aksincha, o‘zaro hamkorlik juda muhim”, deydi Jamg‘arma ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva.

Shu maqsadda, jamg‘arma butun dunyo mamlakatlarini birgalikda harakat qilib, virusning global iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirishga chaqirmoqda.

K. Georgiyeva fikricha, jahon iqtisodiyoti barqarorligini saqlab qolish uchun davlatlar tomonidan quyidagi chora-tadbirlarni jadallashtirish maqsadga muvofiq:

Birinchidan, qo‘shimcha fiskal qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish zarur. Har bir davlat kasallikning tarqalishidan zarar ko‘rgan fuqarolar va biznes vakillariga kasallik bo‘yicha to‘lanuvchi kompensatsiyalarni ko‘paytirish va targetlashgan soliq imtiyozlarini berish orqali yordam berishini davom ettirishi kerak.

Alohida davlatlarning bunday chora-tadbirlaridan tashqari, virus tarqalishda davom etar ekan, jahon iqtisodi uchun kundan kunga global, o‘zaro hamkorlikdagi fiskal qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish zaruriyatga aylanmoqda. 2008 yilgi Jahon-moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida G20-davlatlari tomonidan amalga oshirilgan stimul miqdori 900 mlrd. AQSh dollari (global YaIMning 2 foizini) tashkil etgan. Shunday ekan, bu borada davlatlar birgalikda harakat qilishi kerak.

Ikkinchidan, rivojlangan davlatlarda Markaziy banklar yalpi talabni kuchaytirish va ishochni tiklash uchun moliyaviy (kredit) holatni yumshatishda davom etishi va real iqtisodiyotda pul oqimlarining barqarorligini ta’minlashi zarur.

O‘tgan inqirozda o‘z samarasini bergan chora-tadbirlar hukumatlar uchun qo‘llanma sifatida ishlatilishi mumkin. Kuni kecha, yirik Markaziy banklar juda muhim bo‘lgan o‘zaro hamkorlikdagi qarorni qabul qildi va globalmoliya bozordagi holatni yumshatish maqsadida valyuta svop operatsiyalarini ishga tushirdi. Kelgusida, svop operatsiyalarini rivojlanayotgan davlatlarga ham taqdim etishga zarurat tug‘ilishi mumkin.

Sababi, ko‘plab rivojlanayotgan davlatlardan inqirozning boshlanishi natijasida qariyb 42 mlrd. AQSh dollari “oqib” chiqib ketgan. Bu mazkur davlatlarda shu kunga qadar qayd etilgan eng katta miqdor hisoblanadi.

Shunday ekan, rivojlanayotgan davlatlar Markaziy banki tomonidan valyuta intervensiyalari va kapital oqimlarni boshqarish foiz stavkasi va boshqa monetar siyosat instrumentalari uchun qo‘shimcha yordam vazifasini bajaradi.

Uchinchidan, moliyaviy tizimni tartibga soluvchi davlat organlari bir tarafdan moliyaviy va bank tizimi barqarorligini, ikkinchi tarafdan iqtisodiy faollikni ta’minlashni maqsad qilishi kerak. Mazkur inqiroz moliya tizimi uchun stress-test vazifasini o‘tab beradi.

Jamg‘arma o‘zining a’zo davlatlariga qanday yordam bera oladi?

XVJ o‘zining 1 trln. AQSh dollariga teng fondi orqali a’zo davlatlarga yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qilmoqda.

Ortiqov Nozimjon

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar