UzAuto Motors avtomobillarini Chevrolet brendi ostida eksportga chiqarishni boshlaydi

UzAuto Motors avtomobillarini Chevrolet brendi ostida eksportga chiqarishni boshlaydi

UzAuto Motors eksport bozorlarida avtomobillarni Chevrolet brendi ostida sotishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Ravon savdosi to‘xtaydi

2020 yilning mart oyidan boshlab Rossiya, Qozog‘iston va Belarusda Chevrolet brendi ostida taqdim etiladigan dastlabki modellar Spark, Nexia va Cobalt bo‘ladi. Ravon brendi ostida avtomobillar savdosi 2020 yilning o‘rtalariga kelib to‘xtaydi.

Dilerlik tarmog‘i mavjud GM Rossiya dilerlari, Ravon dilerlarining bir qismi va Chevrolet vakolatli servis markazlari asosida, ularning geografik joylashuvi va Chevrolet brendi standartlariga muvofiqlik darajasini hisobga olgan holda yaratilgan.

Yagona brend ostida avtomobil sotiladi

“Yagona brend ostida ishlash O‘zbekistonda avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish va eksport bozorlarida sotishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi”, deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, GM Rossiya vakolatli xizmat ko‘rsatish markazlari 2015 yilning oxiriga qadar Rossiyada GM/Chevrolet dilerlaridan avtomobil sotib olgan mijozlarga ham xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.

Shuningdek, Ravon avtoulovlarini xarid qilgan mijozlar uchun ham UzAuto Motors o‘zining vakolatli servislarida xizmatlarni davom ettiradi.

UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan Chevrolet Spark, Nexia va Cobalt avtomobillarini xarid qilgan mijozlar uchun kafolatlar, shuningdek, barcha xizmat va UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan o‘zining dilerlik tarmog‘i orqali taqdim etiladigan ehtiyot qismlarni sotib olish imkoniyati saqlanib qoladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar