Shavkat Mirziyoyev: Kerak bo‘lsa, maxsus samolyot ajratib, kislorod konsentratorlarini O‘zbekistonga olib kiramiz

Shavkat Mirziyoyev: Kerak bo‘lsa, maxsus samolyot ajratib, kislorod konsentratorlarini O‘zbekistonga olib kiramiz

20 iyul kuni “Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiya bilan bog‘liq holat hamda uni barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar” to‘g‘risida Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi

Yig‘ilishda pandemiya davrida har bir bemorni davolash uchun kislorodga ehtiyoj keskin ortadi. Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya markazi, Toshkent shaxar 1-son klinik shifoxonasi, Respublika birinchi va ikkinchi son klinik kasalxonasida hamda barcha yangi ochilayotgan “provizor” shifoxonalarida 1 000 dan ortiq kislorod o‘tkazadigan nuqtalar sonini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi.

Toshkent shahri xokimligi, Ichki ishlar vazirligi hamda har bir tuman hokimi o‘z hududida joylashgan tibbiyot muassasalarini doimiy asosda kislorod bilan to‘ldirib borishga shaxsan mas’ulligi belgilandi.

Chet davlatlarda o‘pka yallig‘langan har bir bemor uchun zudlik bilan kislorod konsentratorlariga maxsus niqoblar kiygizish orqali havo olishini yengillashtirib, qo‘liga pulsoksimetr taqilmoqda va bu bilan bemorning nafas yetishmovchiligi bartaraf qilinmoqda. Bosh vazirga mazkur tibbiyot jihozlarini imkon qadar qisqa muddatlarda mamlakatimizga yetkazish topshirig‘i berildi.

Buning uchun, agar kerak bo‘lsa, maxsus samolyot ajratilishi, tadbirkorlar tomonidan kislorod konsentratorlarini O‘zbekistonga olib kirish tartib-taomillarini yengillashtirish choralari ko‘rilishi lozimligi qayd etildi.

Bemorlarni davolash uchun zarur dori-darmon vositalari zaxiralarini yaratish maqsadida qo‘shimcha ravishda Toshkent shahri va Toshkent viloyati xokimliklari tegishlicha 20 milliard va 10 milliard so‘m mablag‘larni “Dori-darmon” aksionerlik kompaniyasiga aylanma mablag‘ sifatida ajratishi belgilandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar